O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi yil arafasida bolalarga «Prezident sovg‘asi» topshiriladi
2020-12-29 | Jamiyat
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan 3-15 yoshdagi bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun 11 ming dona «Prezident sovg‘asi» tayyorlanib, hududlarga yuborilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
«Prezident sovg‘asi» tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.
«Prezident sovg‘asi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, viloyatiga «Uzbekistan Airways» AJ samolyotlari, qolgan viloyatlarga avtotransport orqali yetkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan hozirlangan sovg‘alar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yil 29-30 dekabr kunlari yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi «Prezident archasi» tadbirlari COVID-2019 virusi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda, bolalar sog‘ligini asrash maqsadida karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi