O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

2020-12-25 | Innovatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi o‘rtasida Jizzax viloyatida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Hujjatga asosan viloyatda ilm-fan, texnologiya, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni o‘rnatish, rivojlantirish va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan qo‘shma chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
 
Tomonlar ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy qilish, aholi va xo‘jalik sub'ektlarida innovatsion faollikni rivojlantiradi.
 
Kelishuv doirasida viloyatda ilm-fan va innovatsion faollikni oshirish maqsadida Jizzax viloyati hokimligi huzurida respublikada ilk bor ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘linmasini tashkil etiladi.
 
Shuningdek, mazkur kelishuv doirasida resurslarni tejaydigan texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma o‘quv va tadqiqot dasturlari loyihalari amalga oshiriladi.
 
Uchrashuv doirasida viloyat hokimligida Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, O‘zMU Jizzax filialining professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 40 dan ziyod ilmiy loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться