O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yilda diniy erkinliklarni taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha brifing o‘tkazildi

2020-12-25 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov ishtirokida brifing o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Brifingda so‘nggi yillarda mamlakatimizda millatlar totuvligi va  diniy erkinliklar taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼkidlanganidek,  diniy sohani isloh qilish  bo‘yicha o‘tgan 4 yilda Prezidentning bitta farmoni va oltita qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarori qabul qilindi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida 1 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. 

Bundan tashqari Prezidentning «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, Surxondaryo viloyatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. 

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini davlat muassasasi shaklida tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Davlatimiz rahbari qarorlariga asosan, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi davlat muassasasi shaklida tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yangilangan tuzilmasi va Qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Shuningdek, Prezidentning «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoniga asosan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzilmasida Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axbort-tahlil markazi, Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyat filialiga ega bo‘lgan Malaka oshirish markazi, Hadis ilmi maktabi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi kabi tashkilotlar tashkil etildi va ularning asosiy vazifalari belgilab olindi.

Adliya vazirligi va Oliy sudi o‘zining rasmiy veb-saytlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar ro‘yxatini eʼlon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlashi belgilandi. 

Prezident qaroriga asosan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi. Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyasi taʼsis etildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться