O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi IIV va BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi o'rtasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi
2020-12-24 | Xavfsizlik sohasi
Joriy yilning 23-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbariyati va xodimlari bilan BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi vakillari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda O'zbekiston bilan BMT va uning muassasalari o'rtasida ko'plab yo'nalishlar bo'yicha xalqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani ta'kidlab o'tilib, ayniqsa, BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati, 2021-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish bilan shug'ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish masalalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha o'zaro hamkorlikni faollashtirishini bildirishdi.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi