O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
PIIMA delegatsiyasi «Nazarboev intellektual maktablar» ATT faoliyati bilan tanishdi
2020-12-23 | Ta’lim
Tashrifning asosiy maqsadi «Nazarboev intellektual maktablar» avtonom ta'lim tashkiloti (NIM) rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazish, NIM tizimiga kiruvchi tashkilotlar va maktablar bilan tanishish hamda ularning tajribasini o'rganish va hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat bo'ldi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori o'rinbosari Amirulla Abdullaev boshchiligidagi delegatsiya Qozog'istonga bordi va «Nazarboev intellektual maktablar» ATT faoliyati bilan tanishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi «Nazarboev intellektual maktablar» avtonom ta'lim tashkiloti (NIM) rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazish, NIM tizimiga kiruvchi tashkilotlar va maktablar bilan tanishish hamda ularning tajribasini o'rganish va hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat bo'ldi.
Mazkur tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi «Nazarboev intellektual maktablar» ATT boshqaruv raisi Kulyash SHamshidinova bilan muzokaralar o'tkazdi.
O'zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etilishi va uning faoliyati bo'yicha ma'lumotlar taqdim etdi.
Qozog'iston tomoni, o'z o'rnida, «Nazarboev intellektual maktablar» ATT faoliyati va yutuqlari haqida so'zlab berdi. Jumladan, «Nazarboev intellektual maktablar» ATTning yangi o'quv dasturlari va darsliklari yaratish, pedagog kadrlarni malakasini oshirish kabi masalalari muzokaralar paytida ko'rib chiqildi.
Kulyash SHamshidinova Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bilan NIMning o'quv dasturlarini, malaka oshirish metodologiya va dasturlarini transfer va joriy qilish hamda Agentlikning ta'lim dasturlari va darsliklarini yaratishda hamkorlik qilishga tayyorligini ta'kidladi.
O'zbekiston delegatsiyasi hamkorlikning ilk qadami sifatida qo'shma pedagoglar forumini o'tkazishni taklif qildi. Mazkur tashabbus Qozog'iston tomonidan qo'llab-quvvatladi. Forum «YAngi dunyoning dizayni: hammasi o'qituvchilardan boshlanadi» mavzusida tashkil etilishi kelishib olindi.
Tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Nazarboev intellektual fizika-matematika maktabi va Nur-Sulton xalqaro maktablarida bo'ldi va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi vakillari Nazarboev universitetiga tashrif doirasida oliy o'quv yurti vitse-prezidenti Kadisha Dairova bilan uchrashuv o'tkazdi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama etdilar.
Manba: «Yangi O"zbekiston»