O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda xalqaro “Marriott” brendi mehmonxonasi ochildi – “Courtyard by Marriott Tashkent”
2020-12-23 | Turizm
O‘zbekiston poytaxtida dunyoga mashhur “Marriott” mehmonxona brendining ilk “Courtyard by Marriott Tashkent” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi.
Tantanali marosimda Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi. Tadbirda shuningdek diplomatik vakolatxonalar vakillari ham ishtirok etishdi. “Pandemiya davrida Prezidentimiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan oqilona siyosat natijasida turizm sohasi tadbirkorlari, shuningdek investorlar uchun qator imtiyoz va preferensiyalar berildi. Buning natijasida turli hududlarda yangi mehmonxonalar hamda turistik obyektlar qurilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 433-son qarori bilan investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma a amalga oshirildi. Qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, sarmoyadorlar va tashkilotlar uchun mehmonxona qurish hamda uni jihozlashga sarflagan xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjeti hisobidan mablag‘ ajratilgan. Bu 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun - 40 million so‘m, 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 65 million so‘mni tashkil qiladi. Subsidiya 2019 yilning 5 yanvaridan 2022-yilning 1-yanvariga qadar foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun ajaratiladi. Subsidiya olish uchun investor Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilishi mumkin”, - dedi Aziz Abduhakimov. Mehmonxona bosh menejeri Aleksandr Bakanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mamlakatdagi turizm sohasini qo‘llab-quvvatlayotganini alohida eʼtirof etib, mehmonxona qurilishi va ochilishiga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Tadbir doirasida mehmonxonaning taqdimot marosimi o‘tkazildi va OAVni qiziqtirgan savollarga rahbarlar tomonidan javob berildi. Mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan sovrinli o‘yinlar esa ochilish marosimiga tashrif buyurgan kishilarda katta taassurot qoldirdi: mehmonxona restoranida 2 kishilik tushlik, otelda bir sutka hordiq chiqarishga mo‘ljallangan vaucherlar o‘z egalariga topshirildi. “Courtyard by Marriott Tashkent” - Marriott International‘ga tegishli mehmonxonalar brendi bo‘lib, unga 1983 yilda asos solingan.
Ushbu otellar ishbilarmon sayyohlar, shuningdek, oilalar joylashuvi uchun o‘rta narxdagi mehmonxonalar toifasiga kiradi. “Marriott International” eng yirik mehmonxona brendi bo‘lib, 50 dan ortiq mamlakatda uning 1100 dan ziyod mehmonxonasi mavjud. Mazkur brendning pozitsiyasi mijozlar istagi bilan boshqariladi. “Courtyard” - bu yangi biznes dunyosidagi eng yaxshi mehmonxona. Ushbu maskanda mehmonlar o‘zlarining shaxsiy va professional ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin, chunki biz ularning istaklari bilan hisoblashamiz - faqat oldinga siljish, ilgari erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmaslik, hammasi yana-da yaxshi bo‘lishi, odamlarga eng yaxshilari bo‘lishiga ko‘maklashish. Zero, ular muvaffaqiyat qozonsa, biz ham muvaffaqiyatga erishamiz. “Courtyard by Marriott Tashkent” juda yuqori xalqaro talablarga javob beradi va eng talabchan sayyohlarga ham manzur bo‘ladi.
Mehmonxona global “Marriott Bonvoy” moyillik dasturining ishtirokchisi bo‘lib, bu uni doimiy mehmonlar uchun yana-da jozibali qiladi. Mazkur brend mehmonxonalarida faol insonlar uchun ideal muhit yaratilgan. Uning Toshkent shahrining markazida joylashganligi esa bu maskanning ishbilarmon sayyohlar uchun yana-da jozibasini oshiradi. “Courtyard by Marriott Tashkent”da 131 shinam xona, ko‘p tarmoqli 5 konferensiya zali, 2 MEATme Grill&Bar restorani, “Ugolyok” terassasi hamda Yevropa milliy taomlariga ega 2 bar, shuningdek, basseyn va fitnes klublari xizmatlari taklif etiladi. Mehmonxona qulay muhitda dam olish imkoni bo‘lgan shinam xonalarni taklif etadi.
Murojaat uchun telefon: (71) 203 23 33 Rasmiy sayt: https://www.marriott.com/hotels/travel/tascy-courtyard-tashkent Facebook: @CourtyardTashkent Instagram: @CourtyardTashkent Telegram: @CourtyardTashkent OAV vakillari murojaati uchun: Savdo va marketing bo‘limi: +998 94 609 15 87 (Yekaterina)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi