O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

26-27 dekabr kunlari davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida «O‘zbek polvoni» musobaqasi o‘tkaziladi

2020-12-22 | Sport

O‘zbekiston Prezidentining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 26-27 dekabr kunlari davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida «O‘zbek polvoni» musobaqasi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida Toshkent moliya instituti sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlarining jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, ommaviy sportga, milliy sport turi - kurashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kurashni umumxalq sporti sifatida keng targ‘ib etishdan iborat.

Musobaqada respublika davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan erkaklar va ayollar jamoalari bahs olib boradi. Xususan, erkaklar jamoalari 4 ta – 66 kg, 81 kg, 90 kg, +90 kg vazn toifalarida va ayollar 3 ta – 57 kg, 63 kg, + 63 kg vazn toifalarida bellashadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться