O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Boyovut tumanida davlat organlari, tashkilotlar hamda mahalliy boshqaruv organlari xodimlari uchun АKT bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilindi
2020-12-21 | Texnologiyalar
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2020-yilda Boyovut tumanini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tuman hokimligining 15 nafar xodimlarining axborot texnologiyalari boʼyicha malakalari oshirildi.
O‘quv jarayonlari Boyovut tumani hokimligi, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Oʼzkomnazoratning Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi hamda Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘quv-amaliy darslar Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikda olib borildi va tinglovchilarning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.