O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazir oʻrinbosari I “Toshkent kuni” forumi ishtirokchilarini tabrikladi

2020-12-21 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Nagoya shahridagi I “Toshkent kuni” forumi ishtirokchilarini tabrikladi.

Maʼlumki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishdi. Xususan, joriy yil 19-dekabr kuni Nagoya shahrida “Toshkent kuni” forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Forumning ochilishida Nagoya shahri Meri janob Kavamura Takashi va Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Gʻayrat Fazilovlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir onlayn tarzda efirga uzatiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ushbu forumda online videoqoʻngʻiroq orqali qatnashib, tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar hamda turizm sohasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash yoʻlida muhim zamin yaratganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qadimiy va ulugʻvor Nagoya shahriga tashrifi, shahar Meri janob Kavamura Takashining 2019-yil dekabr oyida Toshkentga tashrifi ikki mamlakat hamda Toshkent va Nagoya shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga turtki boʻldi.

Jumladan, Toshkent va Nagoya shahar hokimliklari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi buning yorqin dalilidir. Mazkur videorolikda qayd etilganidek, Oʻzbekiston qadim zamonlardan buyon jahon sivilizatsiyalarining chorrahasi va Buyuk Ipak yoʻlining markazi sanalgan.

Yaponiya xalqi esa Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy markazlarini juda sevadi. Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan cheklovlar tufayli joriy yil yapon sayyohlari Oʻzbekistonga tashrif buyura olmadi.

Oʻzbekiston hukumati tomonidan “Uzbekistan Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi joriy etilganligi bois bugungi kunda yapon sayyohlari uchun Oʻzbekistonga sayohat xavfsiz hisoblanadi.

Shu oʻrinda, Bosh vazir oʻrinbosari forum mehmonlarini va Yaponiya aholisini Oʻzbekistonga taklif qilib, Nagoya shahridagi birinchi “Toshkent kuni” forumining barcha tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться