O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tilga e'tiborni o'zimizdan boshladik

2020-12-20 | Madaniyat

Mamlakatimizda o'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada nihoyatda muhim o'zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida ham ushbu yo'nalishda jadal islohotlar yo'lga qo'yilib, tizimda hujjat almashinuv ishlari to'liq davlat tilida olib borilmoqda. Vazirlikka qarashli barcha hududiy bosh boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning peshlavhalari, binoning ichki va tashqi yozuvlari to'liq lotin alifbosida bo'lishi, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalar, internet saytlarida ham davlat tilidagi qonun hujjatlariga amal qilinishi ta'minlanmoqda.

Ko'pgina xalqaro tashkilotlar, xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti va Tashqi migratsiya agentliklari bilan bevosita hamkorlikda faoliyat ko'rsatishi bois bu yo'nalishlardagi ishlar xalqaro me'yorlarda belgilangan tartib asosida olib borilishi yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda 2020-yilning 20-oktabridagi "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining malakali mutaxassislari tomonidan bilim va ko'nikmalarini oshirdilar.

Kuni kecha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida malakasini oshirgan xodimlar uchun sertifikatlar topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Unda vazirlikning rahbar va xodimlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining professor, o'qituvchilari, matbuot va OAVlari vakillari ishtirok etdilar. Xodimlarning faoliyati davomida davlat tilida ish yuritish borasida bilim va ko'nikmalarini oshirishga munosib hissa qo'shgan ustozlarga vazirlikning tashakkurnomasi taqdim etildi. Davlat tilida ish yuritish borasida o'z malakalarini oshirgan xodimlarni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi rahbari, filologiya fanlari dotsenti I. Azimov tabrikladi va kelgusida tizimda davlat tilida ish yuritish muhim siyosiy jarayon sifatida doimiy e'tiborda ekanligini hamda tilimizni e'zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb vazifamiz bo'lib qolishini alohida ta'kidladi.

Ferzua ORIPOVA,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas'ul xodimi

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться