O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xavfsiz turizmni ta'minlash – davr talabi!

2020-12-20 | Xavfsizlik sohasi

O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti va uning viloyatlar filiallarida 2020-yil 18-dekabr kuni Ichki ishlar organlarining Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalarining mas'ul xodimlari ishtirokida “Xavfsiz turizmni ta'minlash – davr talabi: Xavfsiz turizmni ta'minlashda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining hamkorligi” mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tdi.

Ilmiy-amaliy konferentsiyada Xavfsiz turizmni ta'minlash xizmatining Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi hamda jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlari ishtirok etdi.
 
Ilmiy-amaliy konferentsiyada muhokama va munozaralar shaklida bo'lib, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmon va sayyohlarga xavfsiz va sifatli xizmat ko'rsatish, xavfsiz turizmni ta'minlashda tahlil va hamkorlikning ahamiyati, turizm ob'ektlari va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida”gi qonun - xavfsiz turizmni ta'minlash kafolati”, xavfsiz turizmni ta'minlashda profilaktika inspektorlarining o'rni, xavfsiz turizmni ta'minlash sohasida surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari borasida so'z yuritildi.
 
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
 
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться