O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida OAV xodimlari uchun press-tur tadbiri o‘tkazildi
2020-12-17 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyaning maqsadi, vazifalari hamda amalga oshirayotgan ishlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida 2020-yil 17-dekabr kuni inspeksiya binosida press-tur o‘tkazildi.
Tadbir davomida OAV xodimlari O‘zkomnazorat markaziy apparati bo‘limlari faoliyati bilan tanishishdi. Jumladan, press-tur ishtirokchilariga Radioeshittirish, Radioaloqa, Ma’lumotlar uzatish, Pochta aloqasi, Axborot xavfsizligi hamda Axborot texnologiyalari sohasida nazorat bo‘limlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, press-turda Axborot texnologiyalari va axborot resurslari markazi faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan axborot tizimlari, kelgusi rejalar xususida so‘z yuritildi.
“O‘zkomnazorat” rahbariyati tomonidan inspeksiya maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.