O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov Madaniy meros haftaligi ishtirokchilarini qutladi

2020-12-16 | Madaniyat

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Madaniy meros haftaligi ishtirokchilarini O‘zbekiston Hukumati nomidan xalqaro darajada o‘tkazilayotgan bayram bilan tabrikladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugunga kelib anʼanaga aylangan ushbu nufuzli anjumanga alohida eʼtibor berib, uning ahamiyatini yuksak baholashini alohida taʼkidladi.

Shu o‘rinda o‘tgan 2019-yilda O‘zbekiston madaniy meros haftaligida YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonimning shaxsan o‘zi ishtirok etgani tadbirning xalqaro obro‘sini yana-da oshirdi.

Kongressda rasmiy doiralar va xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 300 dan ortiq taniqli xorijlik olim hamda yurtimizdan 1000 dan ziyod olim va mutaxassis ishtirok etayotgani muhim voqeadir.  “O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yangragan yangi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasiga katta qiziqish bildirgan va uni amalga oshirishda birlashayotgan Siz azizlar bilan hamkorlik qilish hamisha foydali bo‘ladi.

O‘zbekiston xalqining milliy merosi Insoniyat merosining ajralmas qismi va uning muhim bo‘g‘ini ekanidan faxrlanamiz. Shu maʼnoda, yurtimiz tarixini saqlash, himoya qilish Insoniyat tarixini saqlash va uni kelajak avlodga yetkazish masʼuliyatini chuqur anglaymiz”, - dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida.

Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylangan turizm, ayniqsa xalqaro turizm bevosita madaniy merosimizni qanchalik asl holatda saqlab qolishimizga bog‘liq ekanligi qayd etildi, zero xorijlik sayyoh bizning tariximiz va madaniy merosimizga qiziqib yurtimizga tashrif buyuradi. Aziz Abduhakimov so‘nggi yillarda madaniy merosni muhofaza qilishda qator ishlar amalga oshirilgani, biroq, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar hali ko‘pligini taʼkidladi.

Bu jarayonda, ayniqsa, YUNESKO va uning Umumjahon merosi markazi O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani eʼtirof etildi. “Madaniy merosni muhofaza qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini inobatga olib, bugungi tadbir ishtirokchilarini Umumjahon merosi sifatida tan olingan tarixiy shaharlarimiz ‒ Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabzni saqlashda hamkorlik qilishga chaqiramiz. YUNESKO konvensiyalari va tavsiyalarini mamlakatimizda samarali amalga oshirishda Sizlar bilan hamkorlik qilish qimmatli ahamiyatga ega bo‘ladi”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari. 

Shundan so‘ng Aziz Abduhakimov barcha olimlarni 2021 yilda Jahon merosi hisoblangan qadimiy Xiva shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro forumiga taklif etdi.   

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться