O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugun "O‘zbekiston madaniy boyligi yangi Renessans poydevori" IV Xalqaro kongressiga start beriladi

2020-12-15 | Madaniyat

Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Toshkentda an'anaviy O‘zbekiston Madaniy meros haftaligi va «O‘zbekiston madaniy boyligi yangi Renessans poydevori» mavzusidagi IV Xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi.

Haftalikning ushbu muhim tadbiri bugun, 15-dekabr kuni Yoshlar saroyi binosida boshlanadi. Kongressda rasmiy doiralar va xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan 300 dan ortiq taniqli xorijlik olimlar, shuningdek 1000 ga yaqin mahalliy olimlar va yurtdoshlarimiz qatnashadilar.
 
 
«O‘zbekistonning madaniy boyligi yangi Renessans poydevori» mavzusidagi IV Xalqaro Kongressning ikki kuni O‘zbekiston madaniy merosining qimmatini ochib berishga qaratilgan xorijiy olimlarning ma'ruzalari uchun ajratilgan.
 
Mashhur sharqshunoslar, o‘zbek zaminidan yetishib chiqqan eng buyuk mutafakkirlarning jahon sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-madaniy yuksalishning qudratli tug‘yonlari – butun insoniyat tarixida betakror davrlarga aylangan hamda ma'rifatparvarlik, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik muhitini o‘zida namoyon etgan birinchi va ikkinchi Renessans davrlarining yutuqlari haqidagi, o‘zlarining ko‘p yillik tadqiqotlarida aks etgan ta'sirchan va shov-shuvli natijalar bilan o‘rtoqlashadilar. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yangragan yangi Renessans g‘oyasi, respublikada hayotning ko‘plab sohalarida keng ko‘lamli yangilanishga o‘tilayotgan bir paytda, alohida mazmun kasb etmoqda. Mamlakatimiz tarixida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nurli davrlardan boshqa ham, ko‘plab shonli sahifalar mavjudki, ular o‘zining yuksak yutuqlari ortidan hamon tadqiqotchilar e'tiborini jalb etib kelmoqda.
 
Kongressda Butunjahon jamiyatining O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha 2025-yilgacha olib boradigan ishlarining «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, mamlakatimiz muzeylari va kutubxonalariga «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» loyihasi kitob-al'bomlari va noyob qo‘lyozmalarning faksimilelariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
 
Shu kuni mamlakatimiz madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan taqdimotlar va ma'ruzalardan tashqari, «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi 35 ta noyob kitob-al'bomlarning taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Kitoblar, turli davrlarga oid bo‘lgan va dunyoning turli mamlakatlari to‘plamlarida, jumladan Chexiya, Hindiston, AQSh, Kanada, Italiya, Turkiya, Pol'sha, Buyuk Britaniya, Yaponiya muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan O‘zbekiston san'at asarlarining rang-barang palitrasini o‘zida aks ettiradi. Ular orasidagi bir nechta jildlar, mamlakatimizdagi Davlat tarixi muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti muzeylarida saqlanayotgan nodir asarlarga bag‘ishlangan.
 
Haftalikning uchinchi kuni kino san'ati va tarixiy fotosuratlar mavzusiga bag‘ishlangan. Shu kuni Markaziy Osiyo mintaqasi kinoshunoslari seksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, shuningdek Butunjahon jamiyati homiyligi ostida O‘zbekiston kinematografiyasi tarixi uchun juda qimmatli sanalgan, mul'tiplikasion fil'mlar (100 dan ortiq mul'tfil'mlar) va o‘zbek kinosining oltin kolleksiyasida turadigan oltita fil'mni Rossiya kinofondidan O‘zbekistonga qaytarish marosimi bo‘lib o‘tadi.
 
Haftalikning to‘rtinchi kuni yosh avlod o‘rtasida madaniyat va fanni ommalashtirishga yo‘naltiriladi. O‘zbekistonlik yosh avlod vakillariga mamlakatimizning madaniyat va san'at sohasida erishgan yutuqlari bilan maroqli tarzda tanishish imkoniyatini yaratuvchi, maxsus interaktiv platformalar tayyorlanadi. Mul'timediali «bazalar», jonlantiruvchi tarixiy kartinalar bilan 3D-installyasiyalar, tarixiy fil'mlar va kitoblardagi sahnalarning tarixiy rekonstruksiyalari, hunarmandlarning tematik hududlari.
 
O‘zbekiston Madaniy meros haftaligi mehmonlar va ishtirokchilar uchun ko‘plab yoqimli xushxabarlarni tayyorlamoqda. Ular orasida – milliy kinolar prem'eralari namoyishi, nodir xronik lavhalar aks etgan «Kinolektoriya», «Milliy liboslar – yangi Renessans durdonasi» mavzusidagi yorqin va rang-barang fashion-shou va boshqa ko‘plab qiziqarli tadbirlar bor.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Поделиться