O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi
2020-12-15 | Xavfsizlik sohasi
Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o'rtasida keng muhokamaga sabab bo'layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan 2020-yilning 15-dekabr kuni, soat 12:00 da O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Korruptsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Unda Ichki ishlar vazirining o'rinbosari R.Xatamov, Vazirlik Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi va boshqa sohaviy xizmatlarning mas'ul xodimlari ishtirok etib, Sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar.
Tadbirga, barcha OAV vakillari, blogerlar hamda sohaga qiziqish bildirgan fuqarolarimiz taklif etiladilar. Mazkur matbuot anjumanida ishtirok etish istagini bildirganlar, o'zlari bilan shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki pasport) bilan kelishlarini iltimos qilamiz.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi