O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Rangsiz tushlar” filmi xalqaro festivalda ishtirok etadi

2020-12-14 | Madaniyat

Joriy yilning 18-22-dekabr kunlari Italiya Respublikasining Rim shahrida 18 mamlakatdan saralab olingan filmlar ishtirokida “Asiatica Film Festival XXI” xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtadi.

Mazkur kinofestival soʻnggi yillar Osiyo qitʼasida suratga olinayotgan sara kinokartinalarni koʻrish orqali, qisqa metrajli, badiiy va hujjatli filmlar orasidan munosiblarini taqdirlaydi. Mazkur kinofestivalda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Rangsiz tushlar” badiiy filmi ham ishtirok etadi.

Filmda necha yillik mahkumlikdan soʻng, ozodlikka chiqqan ayol – Kashmiraning jamiyatga moslashishidagi qiyinchiliklar hikoya qilinadi. Shuningdek, oʻtkir ijtimoiy muammolar va jamiyatning ayrim kamchiliklari namoyish etilgan.

Filmda rollarni Feruza Saidova, Karim Mirxodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuxitov va Asal Abdullayevalar ijro qilishgan. Film ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.

“Asiatica Film Festival XXI” xalqaro kinofestivali doirasida taniqli kinomutaxassislar bilan master-klasslar, ijodiy suhbatlar, xalqaro doirada eʼtirof etilgan kinoasarlarning muhokamalari ham boʻlib oʻtadi.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться