O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryoda uloq-koʻpkari boʻyicha yirik musobaqa oʻtkazildi

2020-12-13 | Sport

Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash, qolaversa Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bayramini keng nishonlash maqsadida uloq-koʻpkari musobaqalari tashkil qilindi.

Sirdaryo tumanida boʻlib oʻtgan mazkur bayramona bellashuvda mezbonlardan tashqari Andijon, Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari hamda qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalaridan kelgan ming nafarga yaqin mohir chavandozlar ishtirok etishdi.

Gʻoliblar shu yerning oʻzida zot, yaʼni sovrinlarini qabul qilib olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться