O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston elchisi Ukraina Prezidentiga ishonch yorlig‘i topshirdi
2020-12-13 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov 11 dekabr kuni Mariinskiy saroyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ishonch yorlig‘i topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, marosim ishonch yorliqlarini topshirish va Ukraina Prezidentining nutqi bilan chegaralandi. Ukraina rahbari o‘z so‘zida O‘zbekiston Ukrainaning Markaziy Osiyodagi muhim sherigi ekani, tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishga intilayotganini taʼkidladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi