O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov viloyatdagi umumta'lim muassasalari faoliyatining tashkil etilishi, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini o‘rganish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
Vazir viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov bilan birgalikda Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Xiva tumanidagi 1-son, Urganch tumanidagi 4-son, Yangibozor tumanidagi 12-son va Xiva shahridagi 9-son, 15-son maktablarda bo‘ldi. Maktablarda o‘qituvchi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari, issiqlik tizimi, maktab hojatxonasi, sun'iy qoplamali sport maydonchalarining holati bilan yaqindan tanishib, o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.
Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi