O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident topshirigʻi yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi
2020-12-03 | Sport
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” binosida viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi, madaniyat boshqarmasi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari boshqarmasi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, mudofaa ishlari boshqarmalari rahbarlari, jurnalist va blogerlar hamda yoshlar ishtirokida viloyatda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir joriy yil 12-13-noyabr kunlari mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning viloyatga tashrifi doirasida yoshlarga oid berilgan koʻrsatma va topshiriqlar ijrosi yuzasidan qashqadaryolik yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.
Shuningdek, tadbir yakunida jurnalist va blogerlar hamda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi