O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov O‘zbekiston otelyerlar Assotsiatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi

2020-12-03 | Turizm

1-dekabr kuni poytaxtdagi “Hilton” mehmonxonasida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning O‘zbekiston otelyerlar Assotsiatsiyasi aʼzolari – Toshkent shahrining eng yirik mehmonxonalari egalari va bosh menejerlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda turizm sohasidagi dolzarb masalalar va muammolar muhokama qilindi, xususan dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat natijasida yuzaga kelgan inqirozdan keyin sohani tiklash uchun yangi yechimlar izlandi. Aziz Abduhakimov Hukumat tomonidan turizm sohasini tiklashga qaratilayotgan eʼtibor haqida so‘z yuritib, bugungi kunda mehmonxonalar faoliyatini jonlantirishi mumkin bo‘lgan ziyorat turizmini rivojlantirishga oid loyihalar ishlab chiqilayotganini taʼkidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston va Bangladeshning yetakchi diniy arboblari bilan O‘zbekistonga yangi sayyohlar oqimi tashrifini tashkil qilishga doir muzokaralar o‘tkazilgan. O‘zbekiston otelyerlar Assotsiatsiyasi raisi Farangiz Abdullayeva mehmondo‘stlik sohasida daromadlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ish o‘rinlarini qisqartirmaslik maqsadida mehmonxonalar uchun joriy qilingan imtiyoz va preferensiyalar muddatini 2021-yilning iyun oyiga qadar uzaytirishni taklif qildi.  

Suhbat davomida mamlakat otelyerlari inqirozdan keyingi davrda ishlashga oid fikr-mulohazalari va takliflari bilan bo‘lishishdi. Yangi sharoitlarda sayohat qilishning muhim jihatlaridan biri bo‘lgan xavfsiz turizm targ‘iboti shular jumlasidandir. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda joylashtirish vositalarini sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritildi, zero mehmondo‘stlik sohasi uchun sanitar norma va qoidalarning yagona tizimi masalasi ochiqligicha qolgan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, mehmondo‘stlik sohasi uchun imtiyoz va preferensiyalar muddatini 2021-yilning oxiriga qadar uzaytirish hamda sanitar norma va qoidalarning yagona tizimini tasdiqlashga oid qaror qabul qilindi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться