O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ishga tushdi
2020-12-02 | Jamiyat
Toshkent viloyatida 2020-yilning 1-dekabrdan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga va kam ta’minlangan oilalariga moddiy yordam tayinlash va to‘lashning soddalashtirilgan mexanizmi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali elektron ma’lumot almashuvi orqali davlat tomonidan aholiga ijtimoiy yordam berish hamda xizmatlar ko‘rsatishning shaffofligi, adolatliligi ta’minlanadi.