O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Otabek Soliyev, “O‘zAvto Boku” bosh direktori (Ozarbayjon): Konstitutsiya davlat va jamiyat barqarorligi kafolatidir

2020-12-01 | Jamiyat

Ozarbayjondagi «O‘zAvto Boku» dilerlik korxonasi bosh direktori Otabek Soliyev “Dunyo” AAning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan blis-savollarga javob berdi.

—   Konstitutsiya Siz uchun nimani anglatadi?

— Konstitutsiya jamiyat va davlatning asosiy qonunidir. Konstitutsiya mamlakat mustaqilligi va barqarorligini, fuqaro sifatida mening huquq va majburiyatlarimni, ularni amalga oshirishim kafolatlarini taʼminlaydi.

— Konstitutsiyaviy huquqlaringizni to‘liq bilasizmi? Huquqlaringizni himoya qilishingizga to‘g‘ri kelganmi?

— Maktabda o‘qib yurgan vaqtlarimda Konstitutsiya asoslari bilan tanisha boshlaganman. Talabalik davrimda esa uni yana-da chuqurroq o‘rgandim.

Konstitutsiyani o‘rganish, uning asosiy tamoyillari haqida bilimga ega bo‘lish orqali har kim o‘z huquqlarini himoya qiladi, ularning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Har qanday kishi o‘z huquqlarini himoya qilishi to‘g‘ri kelgan vaziyatga tushib qolishi mumkin. Bunda eng muhimi – Konstitutsiyamiz o‘zingizni himoya qilishingiz uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etganida, deb hisoblayman.

— Kasbiy faoliyatingizda va kundalik hayotingizda konstitutsiyaviy tamoyillardan  foydalanasizmi?

— O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi 1992 yilda qabul qilinganidan beri davlat va jamiyat barqarorligini taʼminlab kelmoqda. Buni his qilish yoki qilmasligimizdan qatʼiy nazar, har birimiz ushbu barqarorlikdan har kuni bahramand bo‘layapmiz.

— Siz uchun Konstitutsiya kuni nimani anglatadi va bu bayramni qanday nishonlaysiz?

— Bu kun bizning manfaatlarimizni, huquq va erkinliklarimizni birinchi o‘ringa qo‘yadigan Asosiy qonun qabul qilingan kun. Shu kuni O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasida tantanali tadbirlar tashkil etiladi, biz u yerda mazkur bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlaymiz.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться