O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoroda I Xalqaro yoshlar turizm forumi o‘tkaziladi
2020-12-01 | Yoshlar
Joriy yil 10-11 dekabr kunlari Buxoro shahrida I Xalqaro yoshlar turizm forumi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Loyiha tashabbuskori Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamentiga ko‘ra, onlayn-forumda 20 dan ortiq xorijiy delegat ishtirok etadi.
Tadbirni tashkil qilishdan maqsad mahalliy va xorijiy mutaxassislar va talabalarning yuqori salohiyatli ilmiy ishlanmalari, start-up loyihalarini aniqlab, hayotga tadbiq etish hamda turizm sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishga ko‘maklashishdan iborat.
Forumda sohaning yetakchi mutaxassislari o‘z tajribalariga oid taqdimotlar o‘tkazadi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi