O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro videoanjuman

2020-11-30 | Xavfsizlik sohasi

Bosh prokuratura Akademiyasida “Jinoyat-ijroiya qonunchiligi talablarining huquqni qo'llash amaliyotiga to'g'ri tatbiq etilishini ta'minlash masalalari” mavzuida xalqaro anjuman o'tkazildi.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bo'lib o'tgan onlayn videokonferentsiyada “Jinoiy jazolarni ijro qilish: Shvetsiya tajribasi va xalqaro standartlar”, “Mahkumlarni resotsializatsiya qilish masalalari”, “Qozog'iston Respublikasida probatsiya xizmati: bugun va istiqbol”, “O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Jinoyat-ijroiya kodeksi loyihasidagi kontseptual yangiliklar”, “Milliy preventiv mexanizm va jinoyat-ijroiya qonunchiligi: muammo va echimlar”, “Mahkumlarning huquqlarini ta'minlashda milliy qonunchilik va xalqaro standartlarning ahamiyati”, “Shartli hukm qilinganlar ijrosini ta'minlashning muammo va echimlari” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

Ishtirokchilar mahkumlar huquqlari doirasini umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga mos ravishda kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni ijro etish mexanizmlarini takomillashtirish, shartli hukm qilingan va jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat samaradorligini oshirish, mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning huquqlariga so'zsiz rioya etish, sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta'minlashning ishonchli hamda samarali mexanizmlarini joriy qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

IIV Akademiyasi matbuot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться