O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI: yoshlar va nuroniylarning sayohati uyushtirildi

2020-11-30 | Jamiyat

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-mayda qabul qilingan “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qarori bilan noyabr' oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e'lon qilingan.

Shu munosabat bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida yurtimiz bo‘ylab salomatlik uchun piyoda yurish hamda keksalar turizmi bilan bog‘liq bir qator tadbirlar uyushtirib kelmoqda.
 
Jumladan, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash boshqarmasi tomonidan ushbu oylik doirasida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga keksa nuroniylar va yoshlarning sayohatlari tashkil etildi.
 
Sayohat davomida poytaxtimizning Sergeli, Olmazor, Yunusobod tumanlarida istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar va mehnat faxriylari o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” doirasida davra suhbatlari tashkil etilib, qatag‘onga uchragan ota-bobolarimizning ozodlik yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari borasida o‘zaro fikr almashildi.
 
— Bu kabi ma'naviy tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarimizning dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ko‘pni ko‘rgan va tabarruk yoshdagi otaxonu onaxonlarimizni ijtimoiy himoyalash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, hurmat-ehtirom ko‘rsatishdan iborat, — deydi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Xikmatilla Lutfullaev.
 
Ayni kunlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan, shuningdek mamlakatimiz bo‘ylab sayohat tadbirlari har bir tuman va shaharlarda tashkil etilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться