O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy himoya bo‘yicha xalqaro hamkorlik natijalari

2020-11-27 | Jamiyat

Toshkentda BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha Hukumat bilan birgalikda amalga oshirgan qo‘shma dasturning erishgan natijalari, yutuqlari va kelgusidagi rejalari haqida onlayn muloqot tashkil etildi.

Moliya vazirining o‘rinbosari va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori raislik qilgan yillik hisobot va donorlar majlisida tegishli vazirliklar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekistonda ish beruvchilar konfederatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar uyushmasi, shuningdek xalqaro donor tashkilotlari va BMT agentliklaridan 40 dan ziyod vakil ishtirok etdi.

- O‘zbekiston xalqi dunyodagi milliardlab insonlar singari  pandemiya davrida bir qator muammolarga duch keldi, - dedi  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari Jamshid Abruyev. - Hukumat inqiroz oqibatlarini yumshatish bo‘yicha muhim harakatlarni amalga oshirdi. Xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda biz pandemiya va boshqa ofatlarga bardosh beradigan va har qanday sharoitda odamlarni qo‘llab-quvvatlaydigan ijtimoiy himoya tizimini yaratishga intilyapmiz.   

2020 yil yanvar oyida YUNISEF, XMT va BMTTD O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda “O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash to‘g‘risida”gi qo‘shma dasturni amalga oshirishni boshladi. 

Mazkur dastur 2020 yilgi Davlat dasturida ko‘zda tutilganidek, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va natijadorligini oshirishga qaratilgan. 

BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Xelena Freyzerning fikricha, BMTning ijtimoiy himoya bo‘yicha qo‘shma dasturi – bu O‘zbekistonning ijtimoiy himoya tizimidagi tarqoqlikni kamaytirish uchun ajoyib imkoniyat. Ijtimoiy himoya uchun sarflanadigan mablag‘lar milliy barqaror rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga, shu jumladan kambag‘allik va tengsizlikni kamaytirish, sog‘lom turmush va farovonlikni ta’minlash, gender tengligi, shuningdek, munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish  sohalariga kiritilayotgan sarmoya sifatida qaralishi lozim. 

Ijtimoiy himoyaga qaratilgan sarmoyalar hech kimni bee’tibor qoldirmaslikni ta’minlashga yordam beradi. Nogironligi bo‘lgan insonlar guruhiga e’tibor qaratadi. 2020 yilda BMTning qo‘shma dasturi doirasida asosiy milliy sheriklar bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qo‘shma dastur tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasining konsepsiyalari va institutsional islohotlar variantlari ishlab chiqildi. 

Nogironlikni baholashda funksionallikning xalqaro tasnifini joriy etish bo‘yicha salohiyatni oshirish o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan insonlardan tarkib topgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun mahalliy foydalanuvchilar tomonidan boshqariladigan ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mikro grantlar taqdim etish  boshlandi.

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade kelajakda demografik dividenddan foydalanish uchun O‘zbekiston bugun o‘z farzandlari va yoshlariga tegishli sarmoyalarni kiritishni boshlashi zarurligini qayd etdi. 

 “BRM Jamg‘armasi O‘zbekistonda «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilinganligini mamnuniyat bilan e’tirof etadi. Biz hukumatga nogironlik masalasini o‘z ichiga olgan ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiyani qabul qilishda yordam beramiz. Ishonamizki, hech qanday jamiyat barcha insonlarning, shu jumladan nogironligi bo‘lgan insonlarning to‘liq va inklyuziv integratsiyasi va ishtirokisiz barqaror rivojlanish maqsadlariga erisha olmaydi.” – deya ta’kidladi BRM qo‘shma jamg‘armasi kotibiyati rahbari.

Qo‘shma dastur taqdimotidan so‘ng ishtirokchilar sohadagi boshqa qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.  

Muattar Burhonova

Manba: O'zA

Поделиться