O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov: Marafonda nafaqat Toshkentda balki dunyoning istalgan nuqtasida turib ham qatnashish mumkin

2020-11-27 | Sport

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida II Toshkent Xalqaro marafonini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizimni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi Raisi, Marafon tashkiliy qoʻmita Raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etdi va marafonni oʻtkazish bilan bogʻliq qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi: 
¬Oʻzbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash va yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilish maqsadida shu yilning 6-dekabr kuni II Toshkent xalqaro marafoni oʻtkaziladi.
Marafonni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad aholini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb qilish, yugurishni yana-da ommalashtirish, xalqaro sport aloqalari va sport turizmni rivojlantirish, yurtimizning eng kuchli marafonchilarini aniqlash, Toshkent shahrining zamonaviy shahar sifatida ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish imkoniyatlarini yuksaltirish, yaqin va uzoq xorij davlatlaridan sportchi va sayyohlarni jalb qilishdan iborat.

Maʼlumki, 2019-yilda poytaxtimizda ilk marotaba Birinchi Toshkent xalqaro yarim marafoni yuqori saviyada tashkil etildi. Shu davr mobaynida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda koʻplab ommaviy yugurish musobaqalari hamda marafonlarni tashkil etdi va bu borada yetarlicha tajriba toʻplandi. Yaqindagina Samarqand shahrida oʻtkazilgan Samarkand Half Marathon yarimmarafoni ham koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotib, sogʻlom turmush tarzi tarafdorlarini oʻz atrofiga toʻpladi. 

Aslida, mazkur marafonimiz joriy yilning mart oyida, Navroʻz umumxalq bayrami arafasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. 

Biroq, Koronavirus pandemiyasi sabab barcha ommaviy tadbirlar vaqtincha cheklanganligi bois Marafon tadbirlari ham qoldirilgan edi.

Yurtimizda Karantin cheklovlari yumshatilishi bilan II Toshkent xalqaro marafonini yuqori darajada oʻtkazish ishlari boshlab yubordik.

Karantin talablarini inobatga olgan holda bu galgi marafonimizda nafaqat Toshkent shahriga kelib ishtirok etish mumkin balki www.uzmarathon.uz saytidan roʻyxatdan oʻtib, dunyoning istalgan nuqtasida turib ham ishtirok etish mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться