O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro standartlar: xorijiy va milliy tajriba

2020-11-27 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va Ichki ishlar vazirligi hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamkorligida “Jazoni ijro etish tizimi faoliyati: xalqaro standartlar hamda xorijiy va milliy tajriba” mavzusidagi onlayn va oflayn seminar bo'lib o'tdi. 

Seminar BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha vakolatxonasi va Demokratiya jamg'armasi hamda Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) xalqaro nodavlat tashkilotining ko'magida tashkil etildi. Unda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), Oliy Majlis Senati va qonunchilik palatalari qo'mitalari vakillari, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakili, Xalqaro qamoqxonalar islohotining (PRI) xalqaro nodavlat tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakili, Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

O'quv seminar davomida, “Jazoni ijro etish muassasalarining faoliyati: xalqaro standartlar va ilg'or amaliyot asosida ijobiy tendentsiyalar, muammolar va istiqbollar” haqida ma'lumotlar o'rtaga tashlandi. Jumladan, jazoni ijro etish muassasalaridagi tartib va intizom, reabilitatsiya va mahkumlarning jamiyatga qayta moslashuvi, jazoni ijro etish muassasalaridagi menejment va servis dasturlarini tashkil etish yuzasidan trening o'tkazilib, jazoni ijro etish muassasalaridagi ijobiy tendentsiyalardan misollar keltirildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) tomonidan ishtirokchilarga qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo'yicha olib borilayotgan aniq maqsadli ishlar, uning huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo'yicha Milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va jazoni ijro etish muassasalariga doimiy ravishda monitoring tashriflari to'g'risida ma'lumot berildi.

Jumladan, Monitoring guruhlarida fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari ishtirok etmoqda.

Qonunda belgilangan vakolatlarga muvofiq, Vakil huzurida milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat ko'rsatuvchi ekspert guruhi tomonidan joriy yilning noyabr` oyiga qadar tergov hibsxonalari, ozodlikdan mahrum etish joylari va shaxslar turgan, o'z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarda Milliy preventiv mexanizm doirasida jami 68 ta monitoring o'tkazildi.

Xususan, monitoring 40 tasi jazoni ijro etish muassasalari (17 tasi manzil-koloniya va 23 tasi JIeK), 6 tasi tergov hibsxonasi, 5 tasi ichki ishlar organlarining Ma'muriy qamoqqa olinganlarni saqlash uchun mo'ljallangan maxsus qabulxonalari, 9 tasi Vaqtincha saqlash hibsxonalari, 2 tasi ichki ishlar bo'limlari, 2 tasi muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslarni reabilitatsiya etish markazlari va 4 tasi karantin muassasalarida amalga oshirildi.

Monitoring tashriflari davomida tergov hibsxonasi va ozodlikdan mahrum etish joylardagi 3700 dan (joriy yilning 6 oyida 1700 dan) ortiq shaxslar bilan jamoaviy uchrashuvlar va 534 ta shaxs bilan yakka tartibdagi suhbatlar o'tkazilgan.

Shuningdek, ishtirokchilarga ushlab turilgan, qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo'llanilganligi bo'yicha kelib tushgan murojaatlar hamda qiynoqning oldini olish yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida axborot berildi.

Tadbirda shu va boshqa shu kabi masalalarning mazmun mohiyati, ijrosini ta'minlash bo'yicha qilinayotgan ishlar haqida ham aytib o'tildi.  Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga ham mutahassislar batafsil javob berdilar.

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться