O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo Esports Federatsiyasi tashkil etildi. Uning Shtab-kvartirasi Toshkent shahrida boʻlishi rejalashtirilmoqda.

2020-11-26 | Sport

O‘zbekiston Esports Federatsiyasi tashabbusi bilan O‘rta Osiyo mamlakatlari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kibersport tashkilotlari rahbarlari ishtirokida birinchi videokonferensiya shaklidagi muloqot tashkil etildi.

Videokonferensiyaning dastlabki qismida mintaqada kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish xususida fikr almashildi. Hamkorlikda qo‘shma loyihalar tashkil etish, mintaqaviy musobaqalarni yo‘lga qo‘yish va boshqa bir qator muhim masalalar yuzasidan memorandum imzolandi.
 
Konferensiya davomida O‘zbekiston Esports Federatsiyasi Raisi Azizbek Pattaxovning Markaziy Osiyo Esports Federatsiyasini tashkil etish bo‘yicha taklifi ko‘pchilik tomonidan ma'qullandi.
 
Tez orada ushbu jarayonning yuridik masalalari boshlab yuborilishi hamda, ushbu mintaqaviy tashkilotning bosh shtab-ofisi Toshkent shahrida bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
 
O‘zbekiston Esports Federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan ushbu yangi loyiha orqali "Central Asia Esports Federation" IESF va AESF tashkilotlari qoshida tashkil etiladi va ularning oldiga qo‘ygan maqsadlari yo‘lida ko‘makdosh sifatida faoliyat yuritadi.
 
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Esports Federatsiyasi 2016 yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda kibersportni rivojlantirish, xalqaro maydonlarda elektron sport bo‘yicha munosib ishtirok etish yo‘lida ko‘plab loyihalar va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
 
Kuni kecha federatsiya International eSports Federation (IESF)ning to‘la huquqli a'zoligiga qabul qilindi.
 
Endilikda IESF tomonidan amalga oshiriladigan kibersport sohasidagi barcha xalqaro turnirlar, anjuman, konferensiya va boshqa tadbirlarida O‘zbekiston Esports Federatsiyasi o‘z ovoziga hamda, doimiy o‘rniga ega bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться