O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

2020-11-24 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti, O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq hofizi, professor Mahmudjon Tojiboyev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri vazirlik manbasiga tayanib.

25-noyabr soat 15:00da Zoom platformasi orqali o‘tkaziladigan anjumanda professor Teodor Levin (AQSH), O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov (AQSH),  Jo‘rabek Murodov (Tojikiston), Ardahan universtiteti professori Erdog‘an Altinkaynak  (Turkiya), Tehron konservatoriyasi professori Meron Mehrniya (Eron), Ozarbayjon xalq konservatoriyasi bo‘lim mudiri Mubariz Aliyev (Ozarbayjon), mamlakatimizning taniqli maqom sanʼati ustalari va sanʼatshunoslar ishtirok etadi.

Konferensiyada  O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyevning o‘zbek miliy maqom sanʼatining rivojlantirishdagi o‘rni va u kishi yaratgan milliy kuy-qo‘shiqlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться