O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston elchixonasi Daniyadagi vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasini tashkil etdi

2020-11-24 | Sport

Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasi Oruxs (Daniya) shahridagi «O‘zbek tashabbuslari» assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda vatandoshlar o‘rtasida «Biz hamjihatlikda xalqimiz bilan birgamiz» shiori ostida mini-futbol musobaqasini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” aA muxbiri.

Tadbirda xususiy kompaniyalar, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqa jarayonida «O‘zbek tashabbuslari»  assotsiatsiyasining moliyaviy direktori Doniyor Bavabekov diaspora tashkilotlarining chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. «Assotsiatsiya yurtdoshlarimiz orasida hamjihatlik, mehr-oqibat va xayrixohlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. Daniyadagi o‘zbek oilalari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari va bir-birini qo‘llab-quvvatlash hissini mustahkamlash, mahalliy aholi bilan munosabatlarni rivojlantirish, O‘zbekistonda keyingi yillarda ro‘y berayotgan voqealar haqida maʼlumot tarqatish bilan mashg‘ullanib kelayapmiz», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, assotsiatsiyaga aʼzo bo‘lgan o‘zbeklar nafaqat o‘zbek oilalari farzandlariga, balki Daniyadagi o‘zbek tili ixlosmandlari uchun o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlarnii o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil qilgan.

Assotsiatsiya vakili, shuningdek, kelajakdagi maqsadlaridan biri - elchixona ko‘magi bilan O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, sarmoyalar jalb qilish, tashkilot atrofida birlashgan vatandoshlar yordamida turizmni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish ekanini taʼkidladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться