O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Toshkent shahri aholisi uchun ommaviy qabullar haftaligi e’lon qilindi
2020-11-24 | Jamiyat
Tadbirlarda qatnashib, mutasaddilarga murojaat etish istagidagi fuqarolar amaldagi karantin qoidalariga rioya qilgan holda quyida keltiriladigan manzillarga kelishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan poytaxtimizda o‘tkazilayotgan ommaviy qabullar haftaligi doirasida 24 noyabr kuni Toshkent shahri tumanlarida Xalq qabulxonalari, tuman darajasidagi sektorlar, hududiy boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jonli muloqotlar tashkil etiladi.
Mazkur tadbirlarda qatnashib, mutasaddilarga murojaat etish istagidagi fuqarolar amaldagi karantin qoidalariga rioya qilgan holda quyidagi jadvalda keltirilgan manzillarga kelishlari mumkin.
Manba: O'zA