O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreyaning Ulsan shahridagi yurtdoshlarimiz O‘zbekistonda biznes loyihalari amalga oshirishni rejalashtirmoqda

2020-11-23 | Jamiyat

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari shanba kuni davlatimiz rahbarining O‘zbekistonni rivojlantirishda chet elda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tashabbusini hayotga tadbiq etish doirasida Ulsan shahriga amaliy safar qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu shaharda mingdan ortiq o‘zbekistonlik fuqaro yashaydi. Ular, asosan, «Hyundai» kompaniyasining kemasozlik zavodida mehnat qiladi. Shuningdek, Ulsan universitetida 400 dan ortiq vatandoshimiz tahsil oladi.

Muloqotlar doirasida O‘zbekistonda biznes loyihalarni amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish niyatida bo‘lgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 17 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilish, unda chet elda ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun munosib sharoit yaratish va ular bilan tizimli ishlash, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlashni rejalashtirganlar uchun imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish masalalari ko‘rib chiqilgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda 10 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonda o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun 1 million 570 ming dollar miqdorda sarmoya kiritish bo‘yicha taklif bildirdi. Shunday qilib, O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Oltin daftari»ga kiritilgan vatandoshlar safi 110 kishidan oshdi. Ular tomonidan jalb qilinadigan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 15,5 million dollarni tashkil etmoqda.

Tadbir davomida yurtdoshlarimizga Janubiy Koreyada bo‘lgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning huquqiy yechimlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga elchixona vakillaridan javob oldi. Ularga zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться