O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari yillik siyosiy maslahatlashuvlar formatini Strategik sheriklik muloqotiga aylantirishga kelishib oldi

2020-11-22 | Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya kecha  O‘zbekiston – Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, AQSH delegatsiyasiga Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Din Tompson boshchilik qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov joy oldi.

O‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi muhokama qilindi. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSH hamkorligini yana-da chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Ikki tomon ham hamkorlikning joriy surʼatini saqlab qolish, qo‘shma kun tartibining barcha masalalari bo‘yicha yaqin va muntazam muloqotda bo‘lish, strategik sheriklikning shartnoma-huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlashga qiziqish bildirdi.

AQSH tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan, respublika hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan keng miqyosli islohotlarning natijalariga yuqori baho berdi. Amerika  Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning inson huquqlarini himoyasini yaxshilash, majburiy mehnatga qarshi kurashish, diniy erkinliklarni kengaytirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishdagi muhim yutuqlarini eʼtirof etdi va O‘zbekistonning 2021-2023 yillarda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanganini mamnuniyat bilan olqishladi qildi.

Siyosiy sohadagi O‘zbekiston-AQSH hamkorligi tizimli va barqaror tus olgani qayd etildi. Xalqaro tashkilotlar va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

COVID-19 inqirozining jiddiy iqtisodiy taʼsiri qayd etilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari global pandemiya oqibatlariga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berishda qatʼiy ekani tasdiqlandi.

Amerika tomoniga BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida O‘zbekiston rahbari ilgari surgan tashabbuslarning konseptual ahamiyati to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

“S5+1” shaklining mintaqaviy hamkorlikni ilgari surish va birgalikdagi ishlarning aniq yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim o‘rin tutishi eʼtirof etildi. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyoning global transport va tranzit koridorlariga chuqur integratiyalashuvini taʼminlash hamda mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va energetika sohalaridagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish masalalari alohida ko‘rsatildi.

 «O‘zbekiston – AQSH – Afg‘oniston» uch tomonlama shakli doirasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy va integratsiya jarayonlariga faol jalb etish hamda uning tranzit salohiyatini oshiruvchi investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish mazkur mamlakatda mustahkam tinchlik o‘rnatishning muhim yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlar shaklini Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Muloqotning taʼsis yig‘ilishini 2021 yil Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralarning asosiy natijalari maslahatlashuvlar yakunida qabul qilingan qo‘shma bayonotda o‘z ifodasini topdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться