O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Keksa va faxriylarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Maslahat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-11-22 | Jamiyat

So‘nggi yillarda mamlakatimizda nuroniylarni ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashda keksa va faxriylarning rolini yanada oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan keksa va faxriylar bilan ish samaradorligini oshirish maqsadida respublikaning yirik tashkilot va vazirliklari qoshidagi Faxriylar kengashlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani bu borada muhim ahamiyatga ega.
 
Ma'lumki, joriy yil 18-sentabr kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida respublika vazirlik va idoralar mas'ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazirlik va idoralarning Faxriylar kengashlari va “Nuroniylar” jamoatchilik kengashlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, turli idoralarda uzoq yillar ishlab, pensiyaga chiqqan faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning boy hayotiy tajribasidan jamiyat rivojida, yoshlar tarbiyasida keng foydalanish borasida o‘zaro fikr almashilib, mulohaza va takliflar o‘rtaga tashlangan edi. Shu bilan birga, yig‘ilishda Faxriylar kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish maqsadida keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash borasida eng faol bo‘lgan vazirlik va idoralarning tajribali kengash raislaridan iborat Maslahat kengashi tuzilgandi.
 
Kuni kecha ushbu Maslahat kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazilib, bu borada samarali faoliyatni yo‘lga qo‘ygan kengash raislari yig‘ilganlar bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga, Faxriylar kengashlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashda keksa va faxriylarning rolini oshirish borasida zarur takliflar bildirilib, 2021-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Harakat dasturi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
 
Shuningdek, Faxriylar kengashlari tuzilmagan vazirlik va idoralarda ushbu jamoatchilik tuzilmasini tashkil etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться