Buxoro shahrida aholi, ayniqsa,yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat” festivali boshlandi.
Ma'lumki, so‘nggi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Xususan, ijtimoiy hayotda ayollarning o‘rni ortib borgan sari xotin-qizlar o‘rtasida milliy va zamonaviy ruhdagi, mentalitetimizga mos kiyimlar andozasini muntazam ravishda targ‘ib etish, ayollar liboslariga milliy qadriyatlarimiz asosida zamonaviy moda yo‘nalishlarini singdirish, bunda vijdon va e'tiqod erkinligiga qat'iy amal qilgan holda o‘zbek milliy moda yo‘nalishini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Aytish lozimki, Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan “Nafosat” festivali ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.
Festival' dasturidan bir qator qiziqarli tadbirlar o‘rin olgan bo‘lib, jumladan, xorijlik va o‘zbekistonlik dizaynerlar, yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokidagi “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusidagiseminar-trening, “Libos – millatning madaniyat belgisi va ma'naviyat timsoli”, “Zamonaviy o‘zbek ayolining imiji”, “O‘zbek milliy modasi” mavzularida dizaynerlar, mutaxassislar va yoshlar ishtirokidagi davra suhbatlari, yetakchi o‘zbek dizaynerlari tomonidan tayyorlangan “Zamonaviy o‘zbek modasi, an'analar va yangi dizaynlar” nomli modalar va yangi kolleksiyalar namoyishi shular jumlasidan.
Shuningdek, tadbir doirasida Buxoro dizaynerlari va hunarmandlari tomonidan yaratilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi, “QadimiyTuron afsonasi”, “Buxoro ertaklari”, “Modnaya Buxara”, “Maftunkor Sharq ayoli” nomli kolleksiyalar namoyishi va “Buxoro milliy liboslari tarixi” modalar namoyishini o‘tkazish hamda festival' qatnashchilarini yetakchi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan.
Qolaversa, tadbir dasturidan Buxoroshahridagi Mohi-Xosa qadimiy liboslar muzeyiga sayohat va master klasslar ham o‘rin olgan.
Mazkur festival 22*noyabrga qadar davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi