O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Samarkand Half Marathon” sport turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi xalqaro sport brendiga aylandi

2020-11-20 | Turizm

Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon 2020” doirasida shahar va klublar o‘rtasidagi o‘tkazilgan musobaqalarning yakunlari sarhisob qilinadi.

Musobaqa uchun umumiy start 1-noyabr kuni berilgan bo‘lib, 16 noyabrga qadar davom etdi. 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani doirasida tashkilotchilar tomonidan marafon natijalari sarhisob qilinib, tadbirning missiyasi va maqsadlari, vazifalarning qanday amalga oshirilishi to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi hamda g‘oliblar eʼlon qilindi. G‘oliblar yarimmarafon tashkiliy qo‘mitasi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan taqdirlandi.

“Virtual yugurishning umumiy statistikasiga ko‘ra, marafonda ishtirok etish uchun dunyoning 35 mamlakatidan 3000 dan ziyod kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Bu raqamlar odamlar o‘z atroflaridagi voqealarga befarq emasligini namoyon etadi. O‘tgan yilgi yarimmarafonda ishtirokchilar soni 1200 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkichlar ikki karra oshdi va bundan-da ko‘payishda davom etadi. Xayrli ishga hissa qo‘shish istagida bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil qilgani uchun biz ro‘yxatdan o‘tish va marafonda ishtirok etish muddatini joriy yilning 1 dekabriga qadar uzaytirishga qaror qildik. Ro‘yxatdan o‘tuvchilar sonining o‘sishi autizmga chalingan kishilarga yordam uchun kelib tushayotgan mablag‘larning oshishini bildiradi”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Marafon yakunlariga ko‘ra, “Yugurish poytaxti” va “Eng yaxshi klub” toifalari bo‘yicha taqdirlash o‘tkazildi. Har bir toifa uch o‘ringa ega. “Yugurish poytaxti” mukofotini katta farq bilan Toshkent shahri qo‘lga kiritdi – 5581 km, ikkinchi o‘rinni Dushanbe – 370 km, uchinchi o‘rinni esa Samarqand – 266 km egalladi. Yugurish natijalariga ko‘ra, “Eng yaxshi klub” nomi 943 km natijani qayd etgan “Tashkent Runners” klubiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rin – 777 km natija bilan “Sporty Family”, uchinchi o‘rin esa 563 km natija bilan “Tourism Runners” tomonidan band etildi.

Virtual yugurish musobaqasining statistika ko‘rsatkichlari o‘tgan yilgi natijadan ikki marta oshdi. O‘zbekistonning eng yaxshi 43 nafar sportchisi Samarqand shahrida g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Professionallar o‘rtasida sovrindorlar uchun mukofot jamg‘armasi 82 million so‘mni tashkil etdi. Yarimmarafonga tayyorgarlik jarayonida faol turmush tarziga jalb qilish va aholi o‘rtasida yugurish madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan yugurish, yoga va umumiy jismoniy tayyorgarlikka doir 20 dan ortiq ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi va ularda 400 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yangi yugurish mashqlarining Jizzax viloyati va Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilishi maʼlum qilindi. Joriy yilda birinchi marta butun dunyoda tobora keng qamrov olayotgan Shimoliy yurish (Skandinavcha yurish) haqida rasman eʼlon qilindi. Bolalar uchun Kids Race qo‘shildi, unda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishdi. “Samarkand Half Marathon” inklyuziv muhit, mamlakatning sayyohlik salohiyati, ayniqsa, yangi segment – sport turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan xalqaro sport brendiga aylandi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться