O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti yangi tuzilgan Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasi rahbariyati tarkibiga saylandi

2020-11-20 | Sport

Shu yil 13-noyabr kuni yangi tuzilgan Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasi Umumiy yigʻilishining majlisi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish videokonferensiya shaklida tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Feruz Abdullayev ham ishtirok etdi.

Ushbu assotsiatsiya Yevrosiyo mintaqasida ot sportini rivojlantirish, assotsiatsiyaga aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qilish, Yevrosiyo mamlakatlari guruhining tashabbuslari va sport sohasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuzilgan ixtiyoriy jamoat birlashmasi hisoblanadi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Unda Rossiya ot sporti federatsiyasi prezidenti Marina Vladimirovna Sechina bir ovozdan yangi assotsiatsiya prezidenti etib saylandi. Hamyurtimiz Feruz Abdullayev esa bir ovozdan Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi.

Shuningdek, umumiy yigʻilish majlisida FEI Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar de Vos yangi assotsiatsiya tuzilgani munosabati bilan oʻz tabrigini yoʻlladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться