O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi "Markaziy Osiyo – iqtisodiy o‘sish va farovonlik" onlayn forumida ishtirok etdi»

2020-11-19 | Turizm

17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Markaziy Osiyo savdo forumi doirasida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik orqali turizmni qayta tiklash” mavzusidagi yalpi sessiyasida ishtirok etdi.  

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari sayyohlik maʼmuriyatlari, sayyohlik birlashmalari va korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi. Yalpi majlis koronavirus pandemiyasining Markaziy Osiyodagi turizm sanoatiga salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda mintaqada turizm tiklanishini jadallashtirishda maqbul yechimlarni topish, chet eldan kelgan sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlarni uyg‘unlashtirish va turizm sohasidagi ekspertlar bilan fikr almashish maqsadida tashkil etildi.

Shu nuqtai nazardan Qo‘mita rahbariyati tomonidan turizm sanoatini qo‘llab-quvvatlash va qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, turizm mahsulotlari va turistik marshrutlarni diversifikatsiya qilish bo‘yicha infratuzilma loyihalari haqida batafsil maʼlumot berildi va «Uzbekistan. Safe travel GUARANTED» xavfsiz turizmning yangi tizimi taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari turizm sohasini tiklashda va inqirozgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarga erishishda hal qiluvchi rolni mintaqada birlashtirilgan turistik marshrutlarni kengaytirish, sertifikatlangan turistik avtobus yo‘nalishlarini ishga tushirish, chegara punktlarida tezkor yo‘l tizimini joriy etish, turistik guruhlar tez va qulay o‘tishi uchun " Fast-Track " tizimini joriy etish, viza rejimini yana-da unifikatsiyalash, shuningdek, turizm sohasidagi xalqaro tadbirlarda Markaziy Osiyo uchun yagona taqdimot stendini tashkil etish kabi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish egallaydi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться