O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikda ishsizlikdan himoya qilish usullari bilan qamrab olishni kengaytirish imkoniyatlarini baholash dasturlarini joriy eta boshladi

2020-11-16 | Jamiyat

2020-yil 13-noyabr kuni ishsizlikdan ximoya qilish usullari bilan qamrab olishning kengaytirish imkoniyatlarini baholashga bag‘ishlangan uchrashuvlar turkumi doirasidagi birinchi tadbir videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari E.Muxitdinov fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish ustuvor vazifa ekanligini ta'kidladi. Bu vazifa ma'lum davr mobaynida ishsizlar daromadining qo‘llanishini ta'minlagan holda bandlik dasturlari ko‘magida amalga oshiriladi. Bu dasturlar o‘z navbatida minimal daromad kafolatlari, sug‘urta yoki ishsizlik holatidagi yordam dasturlari bilan muvofiqlashtiriladi.
 
Ana shunday mexanizmlar ishsizlar va vaqtincha band bo‘lmaganlarni, ularning oila a'zolarini kafolatlangan daromad bilan ta'minlash uchun zarur bo‘lib, o‘z navbatida norasmiy mehnat munosabatlari tarqalishining oldini oladi hamda kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiyotning tizimli shakllanishiga ko‘maklashadi.
 
E.Muxitdinov yaqinda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2021-yil yanvaridan boshlab, ishsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori oshirilishiga e'tibor qaratdi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqalar jarayonini takomillashtirish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan maslahatlashuvlar uchun xalqaro ekspertlar jalb etiladi.
 
XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Byurosining ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi Yasmina Papa ayni damda O‘zbekistondagi mavjud o‘zgarishlarga e'tibor qaratish va aholini ijtimoiy himoya qilish uzoq muddatli tizimini rivojlantirish lozimligiga to‘xtalib o‘tdi.
 
Shundan so‘ng XMTning xalqaro mutaxassisi Djon Karter (Kanada) tadbir ishtirokchilarini o‘zining “Ijtimoiy himoya va jahon miqyosida ijtimoiy ta'minlash” mavzusidagi ma'ruzasi bilan tanishtirdi.
 
XMTning milliy eksperti Janna Fattaxova O‘zbekistonda ish yo‘qotish holatida ijtimoiy himoya sohasidagi vaziyat bo‘yicha ma'lumot berib, ish yo‘qotganlarni himoya dasturlari bilan qamrab olishni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Videokonferensiya yakunida ko‘rib o‘tilgan mavzular yuzasidan muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться