O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shahrisabzda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
2020-11-15 | Texnologiyalar
2020-yil 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi. Shahrisabz shahridagi markazning ochilish marosimida “O‘zkomnazorat” DI Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik tizimidagi tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari, Shahrisabz shahri hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.
Yangi markaz yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi.
Shuningdek, markazda ushbu hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy bo‘linmalarining xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.