O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Rahmat Mamatov Qarshi shahridagi sohaga oid bir qator ishlar bilan yaqindan tanishdi

2020-11-15 | Jamiyat

Ma'lumki, Davlatimiz rahbarining shu yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida aholi turmush darajasini oshirish, ularning mavjud muammolarini aniqlash va hal etish borasida qator mutasaddi idora vakillariga tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan bugun Qarshi tumanidagi “Ertepa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi obodonlashtirish, qishga tayyorgarlik ishlarining borishi, aholini ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mas'ul xodimlarga mahalla tizimi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsilarini berdi hamda MFY xodimlariga komp'yuter jamlanmasini topshirdi.
 
Vazir R.Mamatov joylarda “Ayollar daftari”ni yuritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat Ishchi shtabida bo‘ldi. Shundan so‘ng viloyat Jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha viloyat shtabi” faoliyati bilan tanishdi va mas'ullarga o‘zining tegishli tavsiyalarini berdi.
 
Shuningdek, Qarshi shahridagi Madaniyat markazida “Komilon” mahallasi fuqarolari ishtirokida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi tadbirda qatnashdi va Qarshi shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishtirokchilarga zarur ma'lumotlar berib o‘tdi. 
 
Vazir R.Mamatov tomonidan shu kunning o‘zida Qarshi shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar xotin-qizlarga zarur sertifikatlartopshirildi.
 
Qarshi shahridagi “Gulshan”, “Otchopar” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan tanishish asnosida “Ayollar daftari”ni yuritish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha mahalla tizimi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazdi.

Поделиться