O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyatida “Raqamli iqtisodiyot - 2030” strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

2020-11-15 | Texnologiyalar

2020-yil 11-noyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni bilan belgilangan loyihalar va chora tadbirlarni Sirdaryo viloyatida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish to‘g‘risida hududiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Sirdaryo viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek kengashning boshqa a’zolari, tuman va shahar hokimliklari loyihalarning joylardagi ijrosiga mas’ul bo‘lgan viloyat boshqarma va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda barcha loyihalarning hozirgi kundagi ijro holati birma-bir muhokama qilinib, loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriq va vazifalar belgilab olindi.

Loyihalarning joylardagi ijrosiga mas’ul bo‘lgan viloyat boshqarma va tashkilotlarning vazifalarni o‘z muddatida bajarishini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan vakolatli vazirlik va idoralarga o‘rnatilgan tartibda ma’lumot taqdim etib borishi nazoratga olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться