O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlik Qashqadaryoni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi

2020-11-13 | Siyosat

Qarshi shahrida o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

– Qashqadaryoda barcha sohalarda vaziyat tubdan o‘zgarishi shart. Buning uchun viloyatda hamma imkoniyat bor. Hamma uyg‘onishi kerak, – dedi Prezident. 

Hokimlarning takliflari va viloyatdagi muammolarning tahlilidan kelib chiqib, tadbirkorlik asosiy yo‘nalish etib belgilandi. 2021-yil Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Bu borada manzilli ishlash uchun tuman va shaharlarga vazirlar, tarmoq va banklar rahbarlari biriktirildi.

Davlatimiz rahbari bugungi bozor talabi va «o‘sish nuqtalari»dan kelib chiqib, tumanlarni muayyan iqtisodiyot yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish zarurligini ta’kidladi. 

Xususan, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlari bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtiriladi. G‘uzor va Muborak tumanlarida neft-gaz-kimyo, Chiroqchi va Dehqonobod tumanlarida qurilish materiallari bo‘yicha ko‘plab korxonalar tashkil etish mumkin. 

Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirib, yirik komplekslar va kichik bo‘rdoqichilik fermalari tashkil etish, ozuqa bazasi uchun yer ajratish vazifasi qo‘yildi.

Moliya vazirligiga chorvachilik uchun o‘zlashtiriladigan yer, boqilgan har bir bosh qoramol uchun subsidiya berish mexanizmini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Viloyatda 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 28 trillion so‘m bo‘lgan 950 ta loyiha ishlab chiqilgan. Bu loyihalar natijasida 15 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish, yordamga muhtoj va ishsiz aholiga daromad manbai yaratish choralari ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilarga kelgusi yilda 50 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Prezidentimiz aholini uy-joy bilan ta’minlash, yo‘llar, ichimlik suvi tarmoqlari qurish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini 79 foizga, xususan, bu borada vaziyat og‘ir bo‘lgan G‘uzor tumanida 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Yoshlar va ayollar manfaatlarini ta’minlash masalasi chuqur tahlil qilindi.

– Viloyatda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Hokimlar har haftada bir kunni yoshlar bilan ishlash kuni deb e’lon qilib, ularning muammolari bilan shug‘ullanadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 2 ming 815 nafar ayolning turmush sharoitini yaxshilash, ishsiz xotin-qizlarni «Ustoz-shogird» an’analari asosida hunarmandchilikka jalb etish choralari belgilandi.

– Biz tanlagan yo‘l – mashaqqat yo‘li. Qashqadaryo bo‘yicha ulkan rejalarimiz bor, juda katta mablag‘ berilyapti. Endi eng asosiy vazifa va talab – shu mablag‘ni to‘g‘ri yo‘naltirib, odamlar manfaati uchun ishlatish, yaxshi sharoit yaratish, – dedi davlatimiz rahbari.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться