O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bokuda 2021-yil «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

2020-11-13 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov Ozarbayjon eksport va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (AZPROMO) prezidenti Yusuf Abdullayev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish holati va istiqboldagi rejalarga oid masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, suhbatda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish, O‘zbekiston va Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning milliy ko‘rgazmalarini tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

AZPROMO rahbari O‘zbekiston tomonining 2021 yilning birinchi yarmida Bokuda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan yana bir mavzu turli xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkilga qaratildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish dinamikasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi taʼkidlandi.

Uchrashuvda eksportni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston va Ozarbayjon tuzilmalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarning o‘rnatilishi xorijiy mamlakatlar bozorlarida mahalliy mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha bilim va tajriba almashish imkonini berishi qayd etildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться