O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TXTY 2020 onlayn forumining birinchi kun yakunlari

2020-11-12 | Turizm

Kecha, 11-noyabr kuni TXTY 2020 doirasida onlayn forumga start berildi.    

Forumda ishtirok etish uchun www.uzbekistan.travel/titf-online/ saytida 32 mamlakatdan 500 nafardan ziyod kishi ro‘yxatdan o‘tgan.  AQSH, Kanada,  Fransiya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Shveysariya, Rossiya, Yaponiya, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarning turizm sohasi vakillari shular jumlasidandir.

Onlayn forumning birinchi kuni “Zoom” platformasida 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi. Birinchi kun davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilingan uch konferensiyani 1600dan ortiq kishi ko‘rgan.

Muhokama qilingan mavzular: COVID-19  pandemiyasidan keyin turizm sohasini tiklashga doir amaliy chora-tadbirlar va “Uzbekistan.Safe travel guaranteed” (O‘zbekistonda xavfsiz turizm) tizimi. Turizm sanoatining shakllanishida yoshlar/sayyoh-milleniallarning roli. Turizmning faol turlarini rivojlantirish. Halol turizm standartlari va ularning O‘zbekistonga integratsiyalashuvi. Raqamli turizmni rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalar.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться