O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tallinda raqamli texnologiyalar sohasidagi O‘zbekiston-Estoniya hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2020-11-11 | Texnologiyalar

O‘zbekistonning Estoniyadagi elchisi, qarorgohi Rigada Qadambay Sultonov Elektron hukumat akademiyasining ijrochi direktori Arvo Otto bilan uchrashdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA muxbiri.

EHA nodavlat tashkilot sifatida elektron hukumat, elektron demokratiya va milliy kiber xavfsizlik sohasida eng yaxshi Estoniya tajribalarini targ‘ib qilishga ixtisoslashgan.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston-Estoniya hamkorligi va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amaliy tajriba almashish istiqbollarini muhokama qildilar.

Arvo Otto Estoniyaning ilg‘or yutuqlariga to‘xtalib, mamlakatdagi 100 foiz maktablar va mahalliy hokimiyat organlari kompyuterlarga ega ekanligini, bank operatsiyalarining 99 foizi elektron shaklda amalga oshirilishini aytib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatdagi tibbiy retseptlarning 98 foizi onlayn tarzda beriladi, aholining 98 foizi shaxsiy guvohnomalariga ega.  Barcha soliq deklaratsiyalarining 95 foizini elektron shaklda taqdim etiladi. Estoniyada aholining 88 foizi muntazam ravishda internetdan foydalanadi.  67 foiz aholi internet orqali ro‘yxatga olishda ishtirok etdi. 2019-yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi parlament saylovlarida 43,8 foiz saylovchilar onlayn tarzda o‘z ovozlarini berdilar.

Arvo Otto O‘zbekiston bilan yaqin o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi. U pandemiya sababli EHA shu yil mart oyiga rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi delegatsiyasining tashrifini keyinga qoldirishga majbur bo‘lganidan afsus bilan qayd etdi.

O‘z navbatida, Estoniya tomoniga «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifalar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, Qashqadaryo viloyatida adliya va taʼlim tizimida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha Estoniya tajribasini jalb qilishga qiziqish bildirildi.

EHA rahbari Estoniya tomoni O‘zbekiston bilan hamkorlikda katta qiziqish bilan qarayotgani tasdiqlab, raqamli transformatsiya masalalari uchun masʼul bo‘lgan O‘zbekistonning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan videokonferensiyalar tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться