O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini yana-da rivojlantirish vazifalari tasdiqlandi
2020-11-11 | Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Shuningdek, Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi tugatilib, uning moddiy-texnika bazasi Markazga berildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan edi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi