Vazir J.Xodjayev Oltinko‘l tumanida joylashgan “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
Korxonada jami 3,5 ming bosh qoramol (2,4 ming bosh sigir, 1,1 ming bosh turli yoshdagi), 2,0 ming boshdan ziyod naslli echkilar parvarish qilinmoqda.
Xo‘jalik tomonidan kunlik 22 tonna sut ishlab chiqarilib, shundan 15 tonnasi qayta ishlashga yo‘nalitirilmoqda. Jumladan, sutdan tvorog, smetana, yogurt, pishloq kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Tadbirkor Faxriddin Ismoilov rahbarligidagi maskanda naslchilik, chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish, yem-xashak bazasini mustahkamlash kabi jarayonlar zamonaviy uslubda kompleks mexanizasiyalashtirish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.
Korxonada 270 kishi ish bilan ta'minlangan bo‘lib, fermer xo‘jaligi tomonidan Germaniyadan sut yo‘nalishi bo‘yicha "Zaanen" zotli naslli echkilar olib kelingan.
Joriy yilda fermer xo‘jaligi tomonidan Daniyadan 400 bosh naslli qoramol, Fransiyadan 1000 bosh naslli echkilari keltirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi